Aleksandr-Arnold: «Bu hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri»
Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold o‘tgan transfer oynasida nima uchun «qaymoqranglilar» safiga o‘tishga qaror qilganini tushuntirdi.
«Bu hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri edi. Ammo transfer menga kerakli vaqtda to‘g‘ri qadam bo‘lib tuyuldi. Ketishning asosiy sababi ambisiyalar va shaxsiy o‘zgarish istagi edi. Yangi muhitda o‘z-o‘zini sinovdan o‘tkazish istagi,» – deya inglizning so‘zlarini keltiradi GQ España.
Futbolchi «Liverpul»dan minnatdor ekanini qo‘shimcha qilgan. Trentning so‘zlariga ko‘ra, bu klub uni hozirgi holatiga keltirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/