«Napoli» himoyachisi Saudiyaga ketadimi?

«Napoli» markaziy himoyachisi Amir Rraxmani «Napoli» bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kosovo terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi «Napoli» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi. Ta’kidlanishicha, Rrahmanining maoshi bir mavsum uchun uch million yevroni tashkil qiladi.

Yozda futbolchi Angliya Premyer-ligasi klublaridan ikkita taklifni, shuningdek, Saudiya Arabistonidan katta moliyaviy taklifni rad etgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter