Eto’Oning o‘g‘li Ispaniyada klubini o‘zgartirdi

«Mirandes» «Rayo Valyekano» hujumchisi Etyen Eto’O bilan shartnoma imzoladi.

Eto’O bir mavsumga ijara asosida Segunda klubiga o‘tadi.

Hujumchi «Barselona» va «Inter»ning sobiq yulduzi Samuel Eto’Oning o‘g‘li hisoblanadi.

Kichik Eto’O futbolchilik faoliyatini «Malyorka» yoshlar jamoalarida boshlagan, keyin esa «Atletiko Baleares» va «Real Ovyedo» klublarida o‘ynagan.

O‘tgan yili u «Rayo Valekano B»da o‘ynab, chempionatda 30 ta gol urdi va bu unga Madrid klubining asosiy tarkibida debyut qilish imkonini berdi. U Ispaniya kubogida «Vilyamuriel»ga qarshi o‘yinda ham gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter