Isak futbol tarixidagi eng qimmat transferlar top-5’ligiga kirdi

Aleksandr Isakning transferi futbol tarixidagi top-5’likka kirdi.

Transfer oynasining so‘nggi kunida hujumchi «Nyukasl»dan 125 mln funt (144 mln yevro) evaziga «Liverpul»ga o‘tdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, bu jahon futboli tarixidagi to‘rtinchi eng qimmat transfer hisoblanadi. Isak 2018 yilda «Barselona» «Liverpul»ga 135 mln yevro to‘lagan Filippe Koutinyoni ortda qoldirdi.

Eng qimmat transfer – Neymarning 2017 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln yevro evaziga o‘tishi.

Ikkinchi o‘rinda 2017 yilda Kilian Mbappening «Monako»dan «PSJ»ga 180 million evaziga transferi (birinchi yil fransuz ijara asosida o‘ynagan).

Uchinchisi – Usmon Dembelening 2017 yilda «Borussiya» Dortmunddan 148 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tishi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter