«Rayo Valyekano» futbolchisi: «Tilimni tiyishim kerak»
Ispaniyaning «Rayo Valyekano» klubi o‘ng qanot vingeri Isi Palason La Liga 3-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi. 31 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
O‘yin davomida hakam «Rayo»ning golini inobatga olmadi va jamoa darvozasiga penalti belgiladi. Aynan shu qaror keyinchalik hakam bilan gaplashgan Palasonning noroziligiga sabab bo‘ldi.
«Hakam o‘z xatosini tan oldi. U ham inson va xato qilishi mumkin, lekin g‘alati tomoni shundaki, xatolar har doim bir xil jamoalarga qarshi bo‘ladi. O‘tgan yili «Kamp Nou»da ham xato qilishgandi. Tilimni tiyishim kerak,» – deya Palasonning so‘zlarini keltiradi Marca.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/