«Arsenal» deyarli har turda kimnidir yo‘qotmoqda
Yakshanba oqshomida «Arsenal» APL 3-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi. O‘yin boshidayoq «kanonirlar» safida asosiy himoyachi Vilyam Saliba jarohat oldi.
Shu tariqa, u «Arsenal»ning mavsumda maydonga tushib, jarohat olgan beshinchi futbolchisi bo‘ldi. Birinchi turdan keyin himoyachi Ben Uayt va hujumchi Kay Havers safdan chiqqandi. Ikkinchi turda «Lids»ga qarshi o‘yinda Martin Edegor va Bukayo Saka jarohat oldi. To‘g‘ri, Edegor qaydnomaga qaytdi, Saka esa bir necha haftani o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Qo‘shimcha qilamizki, shu paytga qadar klub safida debyut o‘yinini o‘tkazmagan yarim himoyachi Kristian Nergor ham lazaretda. Gabriel Jezusning ham tiklanish jarayoni davom etmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/