Rodrining aql bovar qilmas seriyasi yakuniga yetdi
«Manchester Siti» yakshanba kuni «Brayton» mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Vaholanki, uzoq vaqtdan beri birinchi marta «shaharliklar»ning asosiy tarkibida yarim himoyachi Rodri maydonga tushgandi.
Shu kuni yana aql bovar qilmas seriya ham yakuniga yetdi – Premyer-liganing avvalgi 49 o‘yinida Rodri asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda «Manchester Siti» yutqazmagan edi. Bu safar «shaharliklar» taslim bo‘ldi.
«Manchester Siti» hisobida Premyer-liga yangi mavsumida o‘tkazilgan uchta o‘yinidan keyin atigi uch ochko bor. Xosep Gvardiola jamoasi keyingi turda o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi. Derbi 14 sentyabrga belgilangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/