Ten Xag iste’foga yaqin

«Bayer» Bundesliganing yangi mavsumini yomon boshladi. Erik ten Xag jamoasi o‘tgan ikki turda «Xoffenxaym»ga yutqazib (1:2), «Verder» bilan durang o‘ynagan (3:3). Bremenda «dorishunoslar» 3:1 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsa-da, yakunda g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

Kicker yakshanba kungi materialda «Bayer» rahbarlari «Verder»ga qarshi o‘yindan keyin ten Xagni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganiga ishora qilmoqda. Hozirda leverkuzenliklar yozgi transfer kampaniyasini yakunlashga e’tibor qaratmoqda. Transfer oynasi yopilgach, klub murabbiyning taqdirini hal qiladi. Ten Xag iste’foga chiqishga yaqin turibdi.

«Bayer» Bundesliganing navbatdagi uchrashuvini 12 sentyabr kuni o‘z maydonida «Ayntraxt»ga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter