Boks. Xeyni Krouford va Saul bahsida favoritni aytdi

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Devin Xeyni meksikalik Saul Alvares va amerikalik Terens Krouford o‘rtasidagi 14 sentyabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadigan jang haqida gapirdi.

«Kroufordda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va tartib-intizom bor. Lekin raqibining ham katta gabaritga egaligini hisobga olish kerak. Yaxshi kurash bo‘ldi, Krouford bunga erishganidan xursandman.

Dadam Kroufordning g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqda. Men ham uni tanlayman. Ammo bu oson bo‘ladimi? Yo‘q. Ammo agar kimdir buni uddalay olsa, bu Krouford bo‘ladi», – deya Xaneyning so‘zlarini keltiradi The Ring.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter