«Qayrat» YECHLga chiqqani uchun qancha ishlab oldi?
Kecha Qozog‘istonning «Qayrat» klubi YECHL umumiy bosqichiga so‘nggi saralash pley-offi javob o‘yinida Shotlandiyaning «Seltik» klubini (0:0, penaltilar – 3:2) penaltilar seriyasida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor YECHLga chiqdi.
Xabarlarga ko‘ra, jamoa Yevropaning eng nufuzli turnirining umumiy bosqichiga yo‘l olgani uchun 23,5 million yevro ishlab olgan.
28 avgust kuni olmaotaliklar o‘z raqiblarini bilib oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/