Xabi Alonso o‘yindan keyin Kasorla bilan nimalar haqida gaplashganini aytdi
Yakshanba kuni «Real Ovyedo» o‘z maydonida Madridning «Real» klubini qabul qildi.
«Qaymoqranglilar» La Liga debyutanti ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (3:0). 40 yoshli faxriy Santi Kasorla o‘yin oxirida zaxiradan maydonga tushdi.
«O‘yindan keyin Kasorla bilan suhbat? Men uchun bu hissiy lahza, uni anchadan beri ko‘rmagan edim. Santi – o‘ziga xos inson. Men uni bag‘rimga bosdim,» – dedi Xabi Alonso matbuot anjumanida Ispaniya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshi haqida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/