Mastantuono «Real» tarixiga kirdi
Franko Mastantuono «Real»ning La Ligada 20 yil ichida maydonga tushgan eng yosh futbolchisiga aylandi.
18 yoshli yarim himoyachi La Liga 2-turidan o‘rin olgan «Ovyedo»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.
18 yosh-u 10 kunlik Mastantuono 2005 yildan beri La Liga o‘yinida «Real»ning asosiy tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/