«Arsenal» o‘zining eng qimmat o‘nta xarididan to‘rttasini 2025 yilning yozida amalga oshirdi

Transfermarkt portali Londonning «Arsenal» klubining yozgi transfer kampaniyasiga oid qiziqarli ma’lumot bilan bo‘lishdi. Shunday qilib, «kanonirlar» o‘z tarixidagi eng qimmat o‘nta xariddan to‘rttasini aynan 2025 yilning yozida amalga oshirdi.

«Arsenal»ning eng qimmat xaridlari o‘nligiga Martin Subimendi (70 mln yevro), Eberechi Eze (69,3 mln), Viktor Dyokeresh (66 mln) va Noni Maduekening (55,4 mln) yangi xaridlari kirdi.

Qo‘shimcha qilish joiz, «Arsenal» shu yozda tajribali darvozabon Kepa Arrisabalaga, yosh himoyachi Kristian Moskera va tajribali yarim himoyachi Kristian Norgorni ham o‘z safiga qo‘shib oldi.

«Arsenal» tarixidagi eng qimmat xarid – Deklan Raysning transferi. Shuningdek, o‘nlikdan Nikolya Pepe, Kay Xavers, Pyer-Emerik Obameyang, Ben Uayt va Aleksandr Lyakazett o‘rin olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter