«Napoli» jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzolaydi
«Napoli» yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
29 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan, ammo «partenopiyaliklar» rahbariyati shartnomani uzaytirmoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, futbolchi 2028 yilgacha mo‘ljallangan yangi bitimni imzolashga yaqin turibdi, unda yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan.
Andre-Frank Zambo-Angissa 2021 yildan beri «Napoli» sharafini himoya qilmoqda. Kamerunlik futbolchi barcha musobaqalarda jamoa safida 154 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/