UYEFA «Barselona»ga Chempionlar ligasining birinchi o‘yinini safarda o‘tkazishga ruxsat berdi
Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) «Barselona» klubiga joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi birinchi uchrashuvini safarda o‘tkazishga rozilik berdi. Bu orqali kataloniyaliklar o‘z uy stadionini o‘yinlarga tayyorlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Catalunya Radio xabar berdi.
Manbaning ma’lumoticha, «Barselona» o‘z uy uchrashuvlarini hozircha aniq qaysi stadionda — «Kamp Nou»dami yoki «Olimpik Lyuis Kompanis»dami — o‘tkazishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasining umumiy bosqich qur’asi 28 avgust kuni o‘tkaziladi. O‘tgan mavsumda «Barselona» yarim finalgacha yetib borgan va ikki uchrashuv natijalari bo‘yicha «Inter»ga 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/