«Barselona»ning «Kamp Nou»ga qaytishi yana bir necha oyga cho‘zilishi mumkin

Barselona merining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Albert Batle «Barselona»ning «Kamp Nou»ga qaytishi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

Avvalroq, Kataloniya klubi o‘yinlarni sig‘imi cheklangan yangilangan stadionda o‘tkazishni rejalashtirgan edi, ammo hali ham lisenziyaga ega emas.

«Ehtimol, bu yana bir necha oy davom etar. Klub ishni yakunlash dalolatnomasini taqdim etmagan, ya’ni lisenziya olish uchun ariza berish shartlarini bajarmagan. Muddat masalasida bosim o‘tkazmaylik. Eng muhimi, xavfsizlik to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerak. «Barselona» nima qilishni biladi,» – dedi Batle.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter