«Manchester Yunayted»ga kerak bo‘lmagan futbolchi «Chelsi» bilan kelishib oldi
«Manchester Yunayted» vingeri Alexandro Garnacho «Chelsi»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, argentinalik futbolchi London klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.
21 yoshli futbolchi boshqa da’vogarlarni rad etdi va «ko‘klar» «qizil iblislar» bilan transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlashini kutmoqda.
«Chelsi» bosh murabbiy Enso Mareskaning rejalariga kirmaydigan futbolchilar bilan xayrlashganidan so‘ng tez orada Alexandro Garnacho bo‘yicha taklif yuborishi kutilmoqda.
Garnachoning o‘zi Ruben Amorimning «Manchester Yunayted»dagi rejalariga to‘g‘ri kelmaydi va sotuvga qo‘yilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/