Braziliya chempionati. Koutinyo jamoasi Neymar jamoasini tor-mor keltirdi

Braziliya chempionatining 20-turida «Vasko da Gama» safarda «Santos»ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda Filippe Koutinyo dubl qayd etgan bo‘lsa, Lukas Piton, David, Rayan va Che Che bittadan gol urdi. «Santos» sardori Neymar butun o‘yinni maydonda o‘tkazdi va sariq kartochka olib, ogohlantirishlar sabab keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Vasko da Gama» 19 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda, «Santos» 21 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter