«PSJ» Asensioga narx belgiladi
2024/2025 yilgi mavsumda Birmingemning «Aston Villa» klubida ijara asosida to‘p tepgan ispaniyalik xavbek Marko Asensio ingliz jamoasiga doimiy asosda ko‘chib o‘tishi mumkin.
Caught Offside nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, APL klubi rahbariyati tez orada futbolchini Fransiyaning «PSJ» klubidan sotib olishni rejalashtirmoqda. «Sherlar» Asensioni sotib olish uchun 15 million yevro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor. Klub futbolchining o‘zi bilan uch yillik mehnat shartnomasi tuzishni kutmoqda.
2024/2025 yilgi mavsumda yarim himoyachi ingliz jamoasi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/