«Bavariya» direktori bu transfer amalga oshmasligini tasdiqladi

«Shtutgart» hujumchisi Nik Voltemade yozda «Bavariya»ga o‘tmaydi. Myunxenliklar futbolchi uchun 60 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ taklif qilgan, ammo «shvabiyaliklar» rad javobini berishgan.

«Transfer amalga oshishi uchun har doim har uch tomonning kelishuvi zarur. Bu holatda hech narsa bo‘lgani yo‘q, biz kelishuvga erisha olmadik», – deya myunxenliklar sport direktori Kristof Froydning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Shanba kuni Germaniya Superkubogi doirasida «Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yinda myunxenliklar g‘alaba qozondi – 2:1. Nik Voltemade o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va o‘yin oxiriga qadar harakat qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter