Slot: «Bornmut»ga tan berish kerak»

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Bornmut»ga (4:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz 2:0 hisobida oldinda edik va ikkinchi bo‘limni yaxshi boshladik, ammo bizga hech qachon taslim bo‘lmaydigan jamoa qarshi turdi. «Bornmut»ga tan berish kerak. Kyezani o‘yin oxirida tushirdim, chunki bizga gol kerak edi va u gol ura oldi. Bu Federiko uchun alohida lahza, men u uchun xursandman. O‘yin juda shiddatli kechdi,» – dedi o‘yindan keyingi OAV bilan suhbatda Slot.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter