«PSJ» yulduzi: «Kubokka loyiq emasdik»

«PSJ»ning marokashlik legioneri Ashraf Hakimiy UYEFA Superkubogi uchun kechgan o‘yinda Londonning «Tottenxem» klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz superkubokka loyiq emasdik. Ushbu o‘yinda bizning o‘yinimiz va raqib futboli o‘rtasidagi farqni ko‘rish mumkin edi. 80 daqiqa davomida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Oxir-oqibat, ikki marta gol urib, barcha masalani penaltilar seriyasida hal qilganimiz omadimiz bo‘ldi. Lekin bu futbol. Biz muxlislarimizga yaxshi hissiyotlar taqdim etganimizdan xursandmiz,» – deya afrikalik himoyachining so‘zlarini keltiradi Foot Mercato.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq bo‘lishdi – 4:3.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter