Inigo: «Bunday variantlar paydo bo‘lganida rad etish qiyin»

Inigo Martines «Barselona»ni tark etish sabablari haqida gapirdi.

Himoyachi Kataloniya klubi bilan shartnomasini bekor qilib, “An-Nasr”ga o‘tdi.

«Shartnomam tugashiga bir yil qolgandi, 34 yoshdaman, bunday variantlar paydo bo‘lganida, rad etish qiyin.  Qolaversa, «Barselona»dagi maoshim ham kam emas edi, oilam ham xursand edi.

Qaror qabul qilish oson bo‘lmadi, chunki rafiqam va qizlarimni qo‘llab-quvvatlashim kerak, ammo aniq ayta olaman, agar shartnoma uzoqroq bo‘lganida, men uzoqroq o‘ylagan bo‘lardim», – dedi futbolchi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter