«Bavariya» qishda amalga oshmay qolgan rejasi uchun yana qayta harakat qilib ko‘radi

«Chelsi» hujumchisi Kristofer Nkunku «Bavariya»ning transfer qiziqishlari ro‘yxatida qolmoqda.

Myunxenliklar yanvar oyidayoq fransiyalik futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga harakat qilgandi – o‘shanda «Chelsi» bilan shartnoma shartlarini kelishib bo‘lmadi.

Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Nkunkuning «Bavariya»ga o‘tishi yoz oxirigacha amalga oshishi mumkin.

Transfer taqdiri ko‘p jihatdan nemis klubining birinchi raqamli nishoni sanalayotgan shtutgartlik Nik Voltemade bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashiga bog‘liq.

Kristofer Nkunkuning o‘zi «Bavariya»ga o‘tmoqchi, ammo faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlar ham bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter