Sen-Maksimen yangi jamoaga o‘tdi
Hujumchi Allan Sen-Maksimen «Al-Ahli»dan «Amerika» klubiga o‘tdi. Meksika klubi 28 yoshli fransuz uchun 12 million yevro to‘ladi.
Meksika aeroportida yangi futbolchini klubning yuzlab muxlislari kutib oldi.
Sen-Maksimen 2024/25 yilgi mavsumda «Fenerbaxche»da ijara asosida o‘ynagan. Turkiya jamoasi safida u 31 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/