«Nyukasl» «Aston Villa» xavbeki transferini 46 million yevroga yopishga yaqin turibdi
«Aston Villa» xavbeki Jeykob Remzi «Nyukasl»ga o‘tishga yaqin turibdi. Klublar kelishuvni yopish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano. Transfer «hakkalar»ga 40 mln funtga (taxminan 46 mln yevro) tushadi.
24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Vest Xem» ham urinib ko‘rgan, biroq inglizning o‘zi «Nyukasl»ni ma’qul ko‘rgan.
Jeykob Remzi «Aston Villa» safida 167 ta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchi 17 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shu jumladan, 2024/25 yilgi mavsumda 45 ta o‘yinda to‘rtta gol va yettita golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/