Dekuning oldida yana bir qiyin vazifa turibdi

«Barselona» yozgi transfer oynasining so‘nggi haftalarida yana bir transferni amalga oshirishi mumkin.

«Ko‘k-anorranglilar» muhim o‘yinchisini yo‘qotdi – markaziy himoyachi Inigo Martines Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubiga o‘tdi.

Sport xabariga ko‘ra, «Barsa» sport direktori Deku yangi markaziy himoyachini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis ikkinchi jamoa uchun ro‘yxatdan o‘tadigan, lekin asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazadigan yosh futbolchini (23 yoshgacha) taklif qilmoqchi.

«Barselona» haligacha Markus Reshford va Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini hal qilgani yo‘q.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter