Fabrisio Romano «PSJ»ning Enso Fernandesga qiziqishi haqida ma’lumot berdi

Insayder Fabrisio Romano «PSJ»ning «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Kuni kecha Parij grandi 24 yoshli argentinalik futbolchining transferi uchun 150 mln yevro sarflashga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi. Romanoning DAZN bilan suhbatda ta’kidlashicha, bu mish-mishlar haqiqatdan yiroq – Fernandesning «PSJ»ga o‘tish ehtimoli nolga teng. Enso bor e’tiborini «Chelsi» loyihasiga qaratgan, u klubda baxtli va ketmoqchi emas.

Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 75 mln yevroga baholamoqda. Jahon chempionining «ko‘klar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter