MLS. «Inter Mayami» Messisiz «Orlando»ga yirik hisobda yutqazdi (videosharh)

MLS doirasidagi o‘yinda «Orlando Siti» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Uchrashuv Orlandoda «Eksploriya» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

G‘oliblar safida Luis Muryel dublga erishdi, yana bir goldan Martin Oxeda va Marko Pashalich urdi.

«Inter Mayami»ning yagona golini Yannik Brayt kiritdi. Jarohati sababli argentinalik hujumchi Lionel Messi uchrashuvda ishtirok etmadi. Luis Suares esa gol yoki assist bilan nom qozonmadi.

«Orlando» MLSda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Inter Mayami» esa Ligada ikki o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Oldingi turda jamoa «Sinsinnati» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.

AQSH — Major League Soccer (MLS)
11 avgust 2025 yil, dushanba. 05:00
Orlando Siti (Orlando) — Inter Mayami (Mayami) – 4:1
Gollar: 1:0 — Muryel (2′), 1:1 — Brayt (8′), 2:1 — Muryel (50′), 3:1 — Oxeda (58′), 4:1 — Pashalich (88′)

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter