Jardim Braziliyada ishlashning qiyinchiliklari haqida gapirdi

O‘tmishda «Monako»ga uzoq vaqt ustozlik qilgan portugaliyalik murabbiy Leonardo Jardim hozirda Braziliyada «Kruzeyro» bilan ishlamoqda. U mamlakatda ishlashning ayrim qiyinchiliklari haqida fikr bildirdi.

«Braziliyadagi asosiy muammo – o‘yinlarga uzoq parvozlar. Ular ham jismonan, ham ruhan charchatadi. Shuning uchun men bu yerda uzoq vaqt ishlashga tayyor ekanligimga ishonchim komil emas,» – deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Yaqinda Jardim 51 yoshga to‘ldi, u «Kruzeyro»dan oldin bir necha yil Yaqin Sharqda ishlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter