Pedri Rafinya bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri jamoa vingeri Rafinya Dias haqida fikr bildirdi.

– Rafinya harakatlanishni va bo‘shliqdan foydalanishni juda yaxshi biladi. Biz maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Maydon tashqarisida ham yaxshi chiqishamiz,» – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli braziliyalik futbolchi 57 ta uchrashuvda 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter