Pedri Messi jamoadan ketgan vaqtni esladi
«Barselona»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Pedri Lionel Messi klubni tark etgan paytdagi hissiyotlarini esladi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 2021 yilning yozida «ko‘k-anorranglilar» moliyaviy qiyinchiliklar tufayli futbolchining yangi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani uchun «Barselona»ni tark etgandi.
– Leo Messining ketishi men uchun shok bo‘ldi. Men o‘shanda Olimpiadada o‘ynaganman va bunga ishonishim qiyin edi,» – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Messi «Barselona» tizimida 20 yildan ortiq vaqt o‘tkazdi. Bu vaqt ichida u asosiy jamoa safida 778 ta o‘yinda 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/