Slot – Jotaning vafoti haqida: «Bu bizga juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi»
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot avtohalokatda vafot etgan qanot hujumchisi Diogu Jota haqida fikr bildirdi. Futbolchi va uning ukasi Ispaniyada yuz bergan avtohalokatda halok bo‘lishgan. Jota 28 yoshda edi.
«Avvalo, bu fojia, shubhasiz, bizni qattiq larzaga soldi. Biroq, uning rafiqasi, farzandlari va ota-onasiga bu yanada kuchliroq ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bizga ham ta’siri katta bo‘ldi, bu aniq. Qayerda bo‘lmaylik, bizga hurmat ko‘rsatishdi va bu juda ta’sirli hamda hissiyotlarga boy edi,» – deya Slotning so‘zlarini keltiradi «Liverpul»ning rasmiy sayti.
«Qizillar» tarkibida portugaliyalik futbolchi Angliya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi, shuningdek, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini ham zabt etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/