Kompani «Tottenxem» ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabaga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani o‘rtoqlik uchrashuvida Londonning «Tottenxem» klubiga qarshi kechgan yirik g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Germaniya chempioni ingliz jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Biz xotirjamlikni saqlashimiz kerak, chunki oldinda hali ko‘p ish bor. Ammo jamoa yaxshilanayotganini sezish mumkin. Hatto yigitlarning bunchalik erta yuqori tayyorgarlik darajasiga chiqqanidan biroz hayronman,» – deydi belgiyalik mutaxassis.

Kompaniya shogirdlari navbatdagi mavsumoldi bahsini Shveysariyaning «Grassxopper» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 12 avgust, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter