«Komo» «Galatasaroy»ga Morata uchun tovon puli to‘laydi

«Milan»dan ijaraga olingan «Galatasaroy» hujumchisi Alvaro Morata tez orada «Komo» futbolchisiga aylanadi.

Turkiya klubi 32 yoshli ispaniyalik futbolchining ijarasi muddatidan oldin to‘xtatilgani uchun tovon puli so‘ragan va hozirda tomonlar barcha tafsilotlarni o‘zaro hal qilmoqda. Sky Sport xabariga ko‘ra, «Komo» «Galatasaroy»ga 3 mln yevro va bonuslar to‘laydi, «Milan» esa transfer uchun 12 mln yevro oladi. Shu tariqa, kelishuv forvardning yangi klubiga umumiy hisobda 15-16 mln yevroga tushadi.

Alvaro Morataning o‘zi allaqachon «Komo»ga o‘tishga rozilik bergan. U joriy yilning fevral oyidan buyon «Galatasaroy» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter