«Barselona» futbolchisi «Komo»ga o‘tishi mumkin
«Barselona» darvozaboni Inyaki Penya «Komo»ning transfer maqsadiga aylandi.
Xans-Diter Flik ispaniyalik Joan Garsiya va Voysex Shesni afzal ko‘radi. Penya allaqachon klubni tark etishga qaror qilgan, ammo faoliyatini qayerda davom ettirishini hali hal qilmagan. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli darvozabonni Sesk Fabregas boshchiligidagi «Komo» klubi nishonga olgan. O‘tmishda «Barselona» sharafini himoya qilgan ispaniyalik mashhur murabbiy hamyurtini ko‘ndirishga harakat qiladi.
Inyaki Penya o‘tgan mavsumda «ko‘k-anorranglilar» safida barcha musobaqalarda 23ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol o‘tkazib yuborgan. Kataloniya grandi tarbiyalanuvchisining Transfermarkt saytidagi baholangan narxi – 8 mln yevro.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/