«Atalanta» yulduzi: Klub meni aldadi

«Atalanta» hujumchisi Ademola Lukman klubning unga bo‘lgan munosabatidan hafsalasi pir bo‘ldi.

27 yoshli futbolchini «Inter» anchadan beri o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Jurnalist Luka Marketti xabariga ko‘ra, hujumchiga «Atalanta» 35-40 mln yevrolik taklif tushsa, qo‘yib yuborishini va’da qilishgan, biroq bergamoliklar hozirda bunday shartlarni rad etishgan. Hozir muzokaralar to‘xtatilgan. Lukman o‘zini aldangan deb hisoblaydi.

«Inter» nigeriyalik futbolchi uchun kurashda taslim bo‘lmayapti – u hamon birinchi raqamli nishon hisoblanadi. Tez orada milanliklar «Atalanta» yulduziga yangi taklif bilan chiqishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter