«Man Siti» markaziy himoyachisi yangi mavsum oldidan o‘zini qanday his qilayotganini aytdi
«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Jon Stouns yangi mavsum starti oldidan o‘zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi.
Inglizning doimiy jarohat olishi «shaharliklar»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsizligi sabablaridan biri bo‘ldi. Futbolchi barcha musobaqalarda atigi 20 marta maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Hozir ahvolim yaxshi. Men formamni tiklab oldim, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman – bir necha oydan beri shunday. Hozircha hammasi joyida,» – deydi 31 yoshli futbolchi.
16 avgust kuni Xosep Gvardiola jamoasi Premyer-liga yangi mavsumining 1-turida «Vulverxempton» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/