«Milan» «Manchester Yunayted» hujumchisiga qiziqishda davom etmoqda
«Manchester Yunayted» forvardi Rasmus Xyoylund hamon «Milan» qiziqishlari doirasida.
Yaqinda «qizil iblislar» daniyalikni taxminan 35 mln yevroga sotishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Janluka di Marsioning ma’lum qilishicha, «rossonerilar» 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Agar «MYU» sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishni ma’qullasa, kelishuv amalga oshishi mumkin.
2023 yilning yozida Rasmus Xyoylund mankunianliklar tomonidan «Atalanta»dan deyarli 80 million yevroga sotib olingan edi. Joriy transferlar davrida hujumchiga «Yuventus» va «Napoli» klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. Futbolchining shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/