«PSJ» Kimmixni qo‘lga kiritishga tayyor
«PSJ» «Bavariya» tayanch yarim himoyachisi Yozua Kimmixga qiziqish bildirmoqda.
Le Parisen nashri xabariga ko‘ra, parijliklar 30 yoshli nemisni qo‘lga kiritish uchun myunxenliklarga taklif bilan chiqishga tayyor. Parij grandi Kimmixning o‘ziga 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.
Yozuaning Myunxendagi amaldagi shartnomasi ham 2029 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt uni 45 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/