«Bavariya» markaziy himoyachisining ketishini istisno qilmayapti
«Bavariya» rahbariyati hamon Kim Min Jeni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Klub janubiy koreyalik himoyachi uchun katta mablag‘ ishlab olmoqchi, ammo bozorda uning shartnomasini qo‘lga kiritishga tayyor klublar deyarli yo‘q.
Asosiy muammo futbolchining yuqori maoshi bo‘lib qolmoqda – yiliga taxminan 16 million yevro. Shu sababli xaridorlar Kimga bo‘lgan faol qiziqishdan voz kechishmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/