«Sevilya» vingeri «Milan»ga o‘tish arafasida turibdi
«Sevilya» qanot vingeri Dodi Lukebakio faoliyatini Italiyaning «Milan» jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.
27 yoshli belgiyalik futbolchi o‘z agentini o‘zgartirib, Fali Ramadani mijoziga aylanganidan so‘ng muzokaralar jarayoni tezlashdi, deya xabar berdi Sky Sport Italia.
Lukebakio «Sevilya»ga 2023 yilda 10 million yevro evaziga «Gerta»dan kelib qo‘shilgan. Hozirda uning narxi 20 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/