David Luis faoliyatini yana Yevropada davom ettiradi
«Pafos» «Fortaleza»ning sobiq markaziy himoyachisi David Luisni o‘z safiga qo‘shib oldi, deb yozadi Globo.
38 yoshli himoyachi braziliyaliklar bilan 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomasining qolgan qismidan voz kechdi. Shu tariqa, Luis tomonlarning roziligi bilan «Fortaleza»ni tark etdi.
Endi braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi saralashining 3-bosqichida «Dinamo»ga qarshi maydonga tushadigan «Pafos» safiga borib qo‘shiladi. Davidning shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Luis 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka olgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/