«Nyukasl» «Atalanta» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Nyukasl» «Atalanta» markaziy himoyachisi Jorjo Skalviniga qiziqish bildirmoqda.
«Qarg‘alar» skautlari yaqinda bo‘lib o‘tgan nazorat uchrashuvida 21 yoshli italiyalik futbolchini ko‘zdan kechirishdi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Manbaga ko‘ra, bergamoliklar Skalvinini sotishni istamayapti, shuning uchun uni katta summaga baholamoqda.
Tutto Atalanta xabariga ko‘ra, «Atalanta» himoyachi bilan kamida 40-50 mln yevro evaziga xayrlashadi.
Skalvini o‘tgan mavsumda A Seriyada jarohatlar tufayli bor yo‘g‘i 6ta o‘yinda maydonga tushgan. Avval xochsimon bog‘lamning yirtilishi, keyin yelkaning shikastlanishi natijasida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/