APL klubi 32 million yevroga «Feyenoord» vingerini sotib olishga yaqin turibdi

«Lids» «Feyenoord» vingeri Igor Payshaoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin, deb xabar beradi L’Equipe.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi 32 million yevrolik ikkinchi taklif bilan chiqqan, birinchisi 28 mln yevro edi. Bitim allaqachon yakunlanmoqda.

Avvalroq, Payshao butun yoz davomida «Marsel»ning transfer maqsadi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Footmercato xabariga ko‘ra, fransuz klubi futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan, biroq «Feyenoord» bilan kelishuvga erishmagan.

Payshao «Koritiba»dan 4,5 mln yevro evaziga transfer qilinganidan so‘ng, 2022 yil avgustidan beri Niderlandiya klubida o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Igor klub safida 47 ta o‘yinda 18 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter