«Real» Rodrini shu yozdayoq sotib olish uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor
«Real» yozdayoq Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin.
AS xabariga ko‘ra, madridliklar yozgi transferlar oynasi yopilishiga yaqinroq «Manchester Siti» yarim himoyachisi borasida foydali taklif bilan chiqishi yoki Rodrini kelasi yozda, uning shartnomasi tugashidan bir yil oldin qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi mumkin.
Agar «Real» yozda Rodrini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rsa, transfer qiymati kamida 100 mln yevroni tashkil etishi mumkin – ta’kidlanishicha, foydali taklif «Manchester Siti»ni qiziqtirishi mumkin, chunki ikkala klub ham Rodrining tizzasidan olgan jarohatidan keyingi holatiga ishonchi komil emas. Kelgusi yozda narx 60-80 mln yevroga tushishi mumkin.
Rodrining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/