Nega Viktor Dyokeresh haliyam «Arsenal»ga o‘tishni tugatmadi?
«Sporting»ning shvesiyalik hujumchisi Viktor Dyokeresh Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishini rasman yakunlash arafasida. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal» va «Sporting» advokatlar bilan shvesiyalik forvardning kelishuvining barcha tafsilotlari, jumladan, jami 10 million yevroga aniq qo‘shimchalar bo‘yicha hujjatlarni tekshirmoqda. Qayd etilishicha, rasmiy transferdan so‘ng darhol tibbiy ko‘rik tayinlanadi. Transfer borasida hech qanday muammo yo‘qligi, og‘zaki kelishuvga 100 foizlik erishilgani aytilmoqda.
Oldinroq Romano shartnoma summasi bonuslarsiz 63,5 million yevro bo‘lishini aytgan edi.
O‘tgan mavsumda «Sporting» hujumchisi barcha turnirlarda 52ta o‘yin o‘tkazib, 54ta gol urgan va 13ta golga assistentlik qilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning bozor qiymati, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 75 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/