Rasman. Ekitike – «Liverpul» futbolchisi!
Ugo Ekitike «Ayntraxt»dan «Liverpul»ga o‘tdi.
Avvalroq bitim summasi 90 mln yevrodan ko‘proqni tashkil etishi, bonuslar bilan hisoblaganda 95 mln yevrogacha o‘sishi mumkinligi xabar qilingandi.
22 yoshli hujumchi «qizillar» bilan 6 yillik shartnoma imzoladi – 2031 yilning iyunigacha.
Bundesliganing o‘tgan mavsumida fransuz 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/