«Arsenal» o‘rtoqlik o‘yinida «Milan»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Mavsumoldi tayyorgarlik doirasida chorshanba kuni Singapurda «Arsenal» va «Milan» o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yinda Mikel Arteta jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona golga hujumkor yarim himoyachi Bukayo Saka mualliflik qildi. U ikkinchi bo‘lim boshida (53-daqiqada) gol urdi.

O‘yinning asosiy 90 daqiqasidan so‘ng «Arsenal» va «Milan» futbolchilari penaltilar seriyasi tepishga kelishib olgandi. Seriyada jami 18 ta zarba berildi. Bunda «Milan» 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter