Kurtua yangi uyga ko‘chmoqda
Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua o‘z villasini 4,5 million yevroga sotdi va bundan ham hashamatli joyga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda.
El Confidencial xabariga ko‘ra, «Real Madrid»ning belgiyalik darvozaboni Ispaniya poytaxti Madrid chekkasida o‘zining kichik o‘rmon parki va turli ekotexnologiyalarga ega bo‘lgan qo‘shimcha hashamatli uyni tanlagan.
Gap 15 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy haqida bormoqda. Taqqoslash uchun Kurtuaning avvalgi uyi bor-yo‘g‘i 850 kvadrat maydonga ega edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/